Yangi Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatining holati va rivojlanish tendensiyalari toʻgʻrisida maʼruza
<p>Yangi Oʻzbekistonni barpo etish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari demokratik islohotlarning muhim ishtirokchisi va ijtimoiy hamkori sifatida yuqori ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur maʼruzada fuqarolik jamiyatining huquqiy hamda institutsional bazasi, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda davlat bilan hamkorlik mexanizmlari, mamlakatning xalqaro imijini kuchaytirishdagi roli yoritilgan. Maʼruzaning asosiy maqsadi – Oʻzbekistonda keng qamrovli demokratik islohotlar natijasida shakllangan fuqarolik jamiyatining bugungi qiyofasini xolis baholash, erishilgan yutuqlar, samaradorlik koʻrsatkichlari hamda zamonaviy chaqiriqlarni chuqur tahlil qilish va istiqboldagi strategik yoʻnalishlarni belgilashdan iborat. Undagi tahlil va xulosalar davlat organlari, xalqaro hamjamiyat va keng jamoatchilikka mamlakatdagi demokratik oʻzgarishlarning borishi haqida yaxlit tasavvur berishga xizmat qiladi.</p>
Юклаб олиш
