ACDP logo
Kirish
header bg

Zamonaviy media ko‘nikmalar maydoni

21
Поделиться:
Zamonaviy media ko‘nikmalar maydoni

Buxoroda 12–15 may kunlari “Media haftalik” loyihasi o‘tkazilmoqda. 
Respublika miqyosida tashkil etilayotgan mazkur tashabbus nafaqat bilim berish, balki zamonaviy axborot makonida raqobatbardosh kontent yaratish bo‘yicha yangi yondashuvlarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan.
Haftalik dasturi zamonaviy media, sun’iy intellekt, mobilografiya, SMM, faktcheking va auditoriya bilan samarali ishlash kabi dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olgan. Mashg‘ulotlar real keyslar asosida amaliy trening shaklida olib borilmoqda. 
Bunday amaliy media platformalar sifatli kontent ishlab chiqarish, jamoatchilik bilan samarali muloqot o‘rnatish va hududiy media muhitini professional darajaga ko‘tarish uchun mustahkam asos yaratiladi. Kelgusida esa yangi avlod kontent-meykerlarini shakllantirib, har bir hududni zamonaviy media innovatsiyalari markazga aylantirishi mumkin.