Farg‘ona – ikki xalqaro reytingga kirgan ilk viloyat

Farg‘ona viloyati 2026 yilda “Fitch Ratings” agentligining “BB-BARQAROR” reytingini qo‘lga kiritib, mamlakatimizda bir vaqtning o‘zida ikki xalqaro reytingga ega bo‘lgan ilk hududga aylandi.
Bu albatta tasodifiy emas. So‘ngi yillarda viloyatda 8 mlrd 200 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiya hisobiga 8 000 ta zamonaviy ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi. 15 ming 500 ta yangi kichik va o‘rta biznes subyektlar tashkil etildi.
O‘tgan 4 yil ichida yalpi hududiy mahsulot 1,7 barobar, sanoat ishlab chiqarishi 1,5 barobar va xizmatlar sohasi 3 barobarga oshdi. 2025 yilda viloyatda iqtisodiyotning o‘sish sur’ati 8,1 % ni tashkil etdi. Ishsizlik darajasi 9,2 % dan 4,6 % ga, kambag‘allik darajasi 11,6 % dan 5,2 % ga tushdi.
O‘tgan yilning o‘zida viloyatda 1 281 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi, 44 ming yangi ish o‘rinlari yaratildi, 3 milliard AQSH dollarilik xorijiy sarmoya o‘zlashtirildi. Bugungi kunga kelib investorlar geografisi 35 dan ortiq mamlakatni qamrab oldi.
So‘ngi vaqtlarda dunyodagi turli ziddiyatlar ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatayotgan bir vaqtda, xalqaro tashkilotlar bildirilgan bunday e’tirof yurtimizda olib borilayotgan islohotlar olib borilayotgan islohotlarga nisbatan berilgan xolis bahodir.

