ACDP logo
Kirish
header bg

O‘zbekiston NNTlari Latviyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Yozgi maktab”da ishtirok etdi

32
Поделиться:
O‘zbekiston NNTlari Latviyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Yozgi maktab”da ishtirok etdi

Riga shahrida o‘zbekistonlik NNT vakillari korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tashkil etilgan ilk “Yozgi maktab” ta’lim dasturida ishtirok etdi.

Dasturda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida alohida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatib kelayotgan fuqarolik jamiyati institutlarining 17 nafar vakillari qatnashdi.

Ishtirokchilar Latviyaning korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishdi. Xususan, ishtirokchilar Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish byurosi, Markaziy moliya va shartnomalar agentligi hamda Latviya Davlat kanselyariyasi kabi davlat idoralari faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, samarali boshqaruv va ijtimoiy sheriklik yo‘nalishlarida xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mazkur “Yozgi maktab” dasturi fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini yanada mustahkamlash, ularning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtirokini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.