ACDP logo
Kirish
header bg

ILM MAYDONIDAGI NATIJA: RAQOBAT EMAS, IMKONIYAT

16
Поделиться:
ILM MAYDONIDAGI NATIJA: RAQOBAT EMAS, IMKONIYAT

Namanganda bir hafta davom etgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi yakunlandi.

Olimpiadada 12 davlatdan kelgan iqtidorli oʻquvchilar ishtirok etib, yakuniy natijalarga koʻra, 27 nafar ishtirokchi bronza, 19 nafar kumush, 11 nafar esa oltin medal bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, jami 11 ta medalni qoʻlga kiritdi (2 oltin, 3 kumush, 6 bronza).

Bu kabi nufuzli olimpiadalar yoshlarda ilm olishga bo‘lgan qiziqishni oshirib, ilmiy fikrlash, raqobatbardoshlik va xalqaro muhitda ishlash koʻnikmalarini shakllantiradi. Shu maʼnoda, 100 nafarga yaqin ishtirokchi uchun bu jarayon kelajakdagi ilmiy yoʻlini belgilab beruvchi muhim bosqich boʻldi.