ACDP logo
Kirish
header bg

Strategik maqsadlarga erishishda NNTlarning roli

63
Поделиться:
Strategik maqsadlarga erishishda NNTlarning roli

2024-yilning 24-may kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Qashqadaryo viloyat hududiy boʻlinmasi tomonidan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishda NNT va fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Strategiyada aks etgan barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash kabi maqsadlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari roli xususida fikr almashildi.

Tadbirda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassilardan batafsil javob oldilar.