ACDP logo
Kirish
header bg

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi – muhim dasturiy xarita

128
Поделиться:
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi – muhim dasturiy xarita

2024-yil 24-may kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyati hududiy boʻlinmasi tomonidan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi – ijtimoiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim omili” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi subsidiya mablagʻlari doirasida oʻtkazilgan seminarda Strategiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida keng tushunchalar berilib, unda koʻzlangan maqsadlarga erishishda davlat organlari, NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari ishtiroki va hamkorligini kuchaytirish masalalari yuzasidan mulohazalar bildirildi.

Seminarda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ijtimoiy fikrni oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish amaliyotini faol davom ettirish, rivojlangan xorijiy davlatlar ilgʻor tajribalarini tadqiq etish masalalari ham muhokama etildi.

 

Tadbir yakunida mavzu yuzasidan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.