ACDP logo
Kirish
header bg

Mahalla va NNT hamkorligi: jamoatchilik nazorati va muammolar yechimi yoʻlida

40
Поделиться:
Mahalla va NNT hamkorligi: jamoatchilik nazorati va muammolar yechimi yoʻlida

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Xorazm viloyati hududiy boʻlinmasi tashabbusi bilan, Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi FOʻOʻBOXMO oʻquv kurslari va OʻzNNTMA Xorazm viloyat boʻlinmasi hamkorligida “Aholi muammolarini oʻrganish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda mahalla instituti va NNTlarning oʻzaro hamkorligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda mahalla fuqarolar yigʻini raislari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, davlat va nodavlat tuzilmalari masʼul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi. Suhbat davomida aholi muammolarini oʻrganish, ularga yechim topish, mahalla institutining rolini oshirish va NNTlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat ijtimoiy buyurtmalari va grant loyihalari orqali mahallalardagi muammolarni hal etish imkoniyatlari haqida fikr almashildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, bugun viloyatimizda 532 ta mahalla va 600 dan ortiq NNTlar faoliyat yuritayotgan boʻlib, ushbu fuqarolik jamiyati institutlarining oʻzaro doimiy hamkorligi yoʻlga qoʻyilsa, mahallalar kamida ana shuncha ijtimoiy muammolarning hal etiladi. 
Shu nuqtayi nazardan, tadbirda mahalla raislarining davlat organlari faoliyati ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishda, nazorat funksiyalarini mustahkamlash, aholi muammolarini yechishda NNTlar bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, mazkur yoʻnalishdagi mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan turli taklif va fikr-mulohazalar  bildirildi.
Shu bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida eʼlon qilinayotgan davlat granti tanlovlari mahalladagi turli ijtimoiy muammolarni hal qilishga xizmat qilishi mumkinligi va bu borada NNTlar tajribasidan foydalanish muhimligi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar, fuqarolar yigʻinlari va NNTlarning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyishda muhim ekanligi bildirildi. Qizgʻin muhokamalarga boy tarzda oʻtgan davra suhbatida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

DJTM Xorazm viloyat 
hududiy boʻlinmasi