ACDP logo
Kirish
header bg

"Kutilgan fursat" media loyxasi mexmoni. Abdushukur XAMZAYEV O‘ZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASI MARKAZIY KENGASHI RAISI, PROFESSOR

80
Поделиться:
"Kutilgan fursat" media loyxasi mexmoni. Abdushukur XAMZAYEV
O‘ZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASI MARKAZIY KENGASHI RAISI, PROFESSOR

66 maqsad:
Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish.

Yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalari va lokal suv tozalash inshootlarini o‘rnatish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish, 14 ta ekologik toza hudud rejimini joriy qilish.

Shaharlar bosh rejalarini tuzishda ular hududining kamida 30 foizini yashil maydonlar tashkil etishi, turar joy binolarini qurishda “yashil maydon”larni aholining soniga mutanosib bo‘lishini ta’minlash.

Atrof muhitga ta’sir xavfi yuqori daraja (I toifa)dagi obyektlarning ifloslantiruvchi manbalaridan avtomatik ravishda namunalar olish tizimini tatbiq etish.

Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, atrof muhitni kuzatish, uning ifloslanish darajasini prognoz qilish tizimini rivojlantirish.

Qarovsiz hayvonlarni identifikatsiyalash va vaksinatsiyalash tizimini joriy qilish, ularni saqlash bilan shug‘ullanuvchi 14 ta pitomniklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Sanoat oqova suvlari darajasi va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni doimiy ravishda rasmiy veb-saytlarda va ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik uchun e’lon qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.