ACDP logo
Kirish
header bg

Sirdaryoda yoshlarga doir davlat dasturlarini amalga oshirishda jamoatchilik nazoratining oʻrni muhokama qilindi

38
Поделиться:
Sirdaryoda yoshlarga doir davlat dasturlarini amalga oshirishda jamoatchilik nazoratining oʻrni muhokama qilindi

 Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Sirdaryo viloyat hududiy boʻlinmasi tomonidan “Yoshlarga doir davlat dasturlarini amalga oshirishda jamoatchilik nazoratining oʻrni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat boʻlimi xodimlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, viloyatda yoshlar yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

  Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi davlat subsidiya mablagʻlari doirasida oʻtkazilgan mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish hamda yoshlarga moʻljallangan davlat dasturlarining samaradorligini oshirishdan iborat boʻldi.

  Davra suhbatida taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 10 mingga yaqin mahallada yoshlar yetakchilari faoliyati yoʻlga qoʻyildi, ular orqali yoshlarning muammolarini joyida hal etish tizimi yaratildi, yoshlar murojaatlarini koʻrib chiqish muddati 30 kundan 5 kunga qisqartirildi va yoshlar yetakchilarining tavsiyasi asosida toʻlov-kontrakt mablagʻlarini qoplash, zamonaviy kasblarga oʻqitish, mehnat qurollari sotib olish uchun subsidiyalar ajratish kabi 25 dan ortiq yordam turlari joriy etildi.

  Shu bilan birga, tadbirda jamoatchilik nazorati mexanizmlaridan yetarli darajada foydalanilmayotgani tanqidiy muhokama qilindi. Xususan, dehqonchilik uchun ajratilgan yerlardan samarali foydalanmaslik, tadbirkorlik uchun ajratilgan grantlarning toʻgʻri taqsimlanmasligi hamda yoshlarni kasb-hunarga oʻqitishdagi qiyinchiliklar va boshqa masalalar koʻtarildi.

  Tadbirda yoshlarning jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda faol ishtirokini taʼminlash maqsadida ularning mulohazalari, takliflari va mavjud muammolar yuzasidan fikrlari oʻrganildi hamda ularning jamoatchilik nazoratiga jalb etilishi, fikr va takliflari asosida davlat dasturlarini takomillashtirish, mavjud muammolarni hal etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

  Umuman olganda, davra suhbati yoshlarga oid davlat dasturlarini amalga oshirishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, yoshlarning faolligini oshirish va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan konstruktiv muhokama maydoni boʻldi.

 

Demokratik jarayonlarni tahlil

qilish markazi Sirdaryo viloyat

 hududiy boʻlinmasi