Matbuot anjumani: qachon, qayerda va qay maqsadda paydo bo‘lgan?

Matbuot anjumani — bu davlat idoralari, tashkilotlar yoki mutaxassislarning jurnalistlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib, muhim ma’lumotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri taqdim etiladigan formatdir.
Uning ilk ko‘rinishlari XIX asr oxiri – XX asr boshlarida AQSHda paydo bo‘lgan, keyinchalik butun dunyoga tarqalgan. Ayniqsa, siyosiy va ijtimoiy voqealar ortib borgani sayin bu format axborot almashinuvining asosiy vositalaridan biriga aylangan.
Matbuot anjumanining asosiy ahamiyati — tezkorlik, ochiqlik va shaffoflikdir.
Buyuk Britaniya va Fransiya kabi davlatlarda u qarorlar, islohotlar yoki favqulodda vaziyatlar bo‘yicha jamoatchilikni zudlik bilan xabardor qilish uchun keng qo‘llaniladi. Bu orqali turli mish-mishlarning oldi olinadi va rasmiy pozitsiya aniq yetkaziladi.
Bugungi kunda matbuot anjumanlari nafaqat davlatlar, balki biznes va xalqaro tashkilotlar uchun ham muhim kommunikatsiya vositasiga aylangan. Ular jamoatchilik ishonchini mustahkamlash, shaffoflikni ta’minlash va axborot oqimini tizimli yo‘lga qo‘yishda katta rol o‘ynaydi.
Ulug‘bek Musabekov
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi mutaxassisi

