Hurmatli va moʻtabar ayollarimiz, aziz kasbdoshlar!
137

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi jamoasi nomidan Sizlarni 8-Mart – Xalqaro ayollar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz!
Siz – oila va jamiyat tayanchi, mehr va muruvvat timsoli, adolat va taraqqiyotning haqiqiy qahramonisiz. Sizning mehnatingiz, sabr-toqatingiz va bilimingiz jamiyatimiz, tashkilotimiz taraqqiyotida beqiyos oʻrin tutadi.
Bu goʻzal kunda sizga uzoq va mazmunli umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik tilaymiz. Har bir kuningiz fayzli, yuzingizdan tabassum arimasin, orzu-umidlaringiz roʻyobga chiqsin!
8-mart bayrami muborak boʻlsin!
Markaz jamoasi nomidan
Azamat PARDAYEV