MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING MINTAQA INTЕGRATSIYA JARAYONLARIDAGI O‘RNI
Farhod Bo‘ronov -
Demokratik jarayonlarni tahlil
qilish markazi direktor o‘rinbosari,
yuridik fanlar nomzodi, dots.nt.
Mintaqaviy integratsiyaning “quyidan yuqoriga” yo‘nalishidagi nazariy-metodologik asoslari
Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya hozirgi geosiyosiy voqelik sharoitida faqat davlatlararo formatlar doirasidan chiqib, murakkab, ko‘p vektorli jarayon sifatida namoyon bo‘lmoqda. “Global beqarorlik sharoitida mintaqa tobora yagona, raqobatbardosh va xalqaro munosabatlarda strategik ahamiyatga ega subyekt sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Tarixan mazkur mintaqa Sharq va G‘arb o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarib, ulkan energetik, madaniy-sivilizatsion hamda insoniy salohiyatni o‘zida mujassam etgan” [1].
2010 yillar o‘rtalarida asos solingan ishonchni mustahkamlash va pragmatik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalish davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini chuqur institutsionallashuviga olib keldi [2]. 2025 yil 16 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yettinchi Maslahat uchrashuvi tarixiy sammit sifatida mintaqa taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqichini boshlab berdi. Ishtirokchi davlat rahbarlarining Ozarbayjon Respublikasini mazkur formatga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shish to‘g‘risidagi yakdil qarori ushbu tuzilmani Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazni birlashtiruvchi mutlaqo yangi geosiyosiy arxitekturaga aylantirdi.
Mazkur sharoitda integratsiya jarayonlarining uzoq muddatli barqarorligi faqat siyosiy deklaratsiyalar bilangina emas, balki jamiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning mustahkamlanishi bilan ham belgilanadi. Fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT), jamoatchilik harakatlari, ekspert-tahliliy markazlar hamda yoshlar uyushmalari “quyidan yuqoriga” tamoyili asosida kechadigan integratsiya jarayonlarining muhim harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Ular davlatlararo tashabbuslarni jamiyat hayotiga tatbiq etish orqali integratsion strategiyalarni aholining amaliy ehtiyojlariga moslashtirishga xizmat qiladi [3].
Yuklab olish
