ACDP logo
Kirish
header bg
Назад
10.02.2026

2026 йил — глобал сиёсий танловлар ва фаол сайловлар йили

      2026 yilda dunyo bo‘ylab 49 ta davlatda jami 54 ta saylov va referendum o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur jarayonlar xalqaro kun tartibidagi siyosiy muhokamalarni faollashtirishi mumkin.  

         Taqvimga muvofiq, 9 ta prezident saylovi va 31 ta parlament saylovi o‘tkazilishi, 10 ta davlatda esa prezident hamda parlament saylovlari bir vaqtning o‘zida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 2 ta mamlakatda parlament saylovlari referendumlar bilan birgalikda o‘tkazilishi, yana 2 ta davlatda esa alohida referendumlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

         Saylov kampaniyalari geografiyasi barcha qit’alarni qamrab olgan bo‘lib, AQSH, Armaniston, Bolgariya, Braziliya, Vengriya, Daniya, Latviya, Portugaliya, Rossiya, Shvetsiya va Yaponiya kabi davlatlarni misol sifatida keltirish mumkin.      

         Mintaqalar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori saylov faolligi Afrika (18 ta) va Yevropa (16 ta) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur siyosiy jarayonlar 1,8 milliard nafardan ortiq aholini qamrab olishi, 1 milliardga yaqin saylovchi esa ovoz berishda ishtirok etishi kutilmoqda.

Ilova: 2026 yilga rejalashtirilgan saylovlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan “2026 — saylov xaritasi” orqali tanishish mumkin.

some imageYuklab olish