ACDP logo
Kirish
header bg

O‘zbekiston fuqarolik jamiyati vakillari YEXHT maydonida mamlakatimizdagi demokratik islohotlarni taqdim etmoqda

26
Поделиться:
O‘zbekiston fuqarolik jamiyati vakillari YEXHT maydonida mamlakatimizdagi demokratik islohotlarni taqdim etmoqda

 29-30 iyun kunlari Vena shahrida YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi tomonidan xalqaro tadbir o‘tkazilmoqda.

 Tadbirda O‘zbekiston fuqarolik jamiyati institutlari vakillari mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda inson huquqlarini ta’minlash borasidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot taqdim etmoqda.

 Bunday nufuzli xalqaro muloqot maydonlarida O‘zbekiston tajribasining ochiq muhokama qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro hamjamiyatga yetkazish, o‘zaro tajriba almashish va xalqaro tashkilotlar bilan konstruktiv hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 O‘zbekiston xalqaro maydonda ochiq muloqot, hamkorlik va izchil islohotlar siyosatini davom ettirib, demokratik taraqqiyot yo‘lidagi sa’y-harakatlarini xalqaro ekspertlar bilan muhokama qilish amaliyotini izchil rivojlantirmoqda.