✅Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazida Fransiyadagi Yevropada istiqbollar va xavfsizlik instituti direktori Emmanuel Dyupyui bilan uchrashuv o‘tkazildi
82

🟢Uchrashuv davomida Markaz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya haqida fikr almashildi va ekspert sifatida ishtirok etish taklifini qabul qilgani uchun Emmanuel Dyupyuiga minnatdorlik bildirildi.
20250923_104918.jpg)
🟢Shuningdek, mehmon muloqotda O‘zbekistonga ilk bor 2002 yilda tashrif buyurgani, keyingi yillarda ham bir necha marta kelganini ta’kidladi. U mamlakatdagi jarayonlarni kuzatib borishini aytib, ayniqsa, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasidagi sezilarli o‘zgarishlarni yuqori baholadi. O‘zbekiston to‘g‘ri taraqqiyot yo‘lini tanlagani va bu yo‘nalishda tobora mustahkamlanib borayotganini alohida qayd etdi.


