ACDP logo
Kirish
header bg

Yoshlar g‘oyalari investitsiyaga yo‘l ochmoqda

12
Поделиться:
Yoshlar g‘oyalari investitsiyaga yo‘l ochmoqda

Buxoro viloyatida yoshlarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ularni texnologik tadbirkorlikka jalb etish borasida yangi bosqich boshlandi. 
Xususan, o‘tkazilgan startup loyihalari taqdimotida mahalliy yoshlar o‘zlarining ilmiy ishlanmalari va biznes g‘oyalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri investorlarga namoyish etdi. Bu esa Buxoroda innovatsion ekotizim shakllanayotgani va yoshlar tashabbuslari real iqtisodiy loyihalarga aylanayotganini ko‘rsatadi.
Tadbirda namoyish etilgan loyihalar ta’lim, logistika, energetika, ijtimoiy xizmatlar va mehnat bozori kabi muhim sohalarni qamrab olgan.
Bunday uchrashuvlar orqali startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda Buxoroda yuqori qo‘shimcha qiymat yaratadigan yangi bizneslar, zamonaviy ish o‘rinlari va raqamli xizmatlar vujudga keltirish maqsad qilingan.