Hamkorlik yangi imkoniyatlar demakdir

2026 yil 18 may kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi tomonidan “Xalq deputatlari Kengashlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari, deputatlar, soha mutaxassislari hamda mahalliy OAV vakillari ishtirok etgan tadbirda kengashlar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, jamoatchilik nazorati va ochiq muloqot mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, amaldagi muammolar va ularning yechimlariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, jamoatchilik eshituvlari, ochiq muloqotlar va ijtimoiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish orqali aholi manfaatlarini ta’minlash borasida fikr almashildi.
Davra suhbati konstruktiv muloqot va tajriba almashish maydoni sifatida ahamiyatli bo‘ldi.

