ACDP logo
Kirish
header bg

“Fuqarolik jamiyati – mustaqil taraqqiyotimiz asosi va demokratik davlatchilik garovi”

24
Поделиться:
“Fuqarolik jamiyati – mustaqil taraqqiyotimiz asosi va demokratik davlatchilik garovi”

Joriy yil 19-avgust kuni Qarshi davlat texnika universitetida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Fuqarolik jamiyati – mustaqil taraqqiyotimiz asosi va demokratik davlatchilik garovi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlinmasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Uchrashuvda faol nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, fuqarolik jamiyati institutlari, siyosiy partiyalar vakillari, sohaning yetakchi mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Suhbat davomida mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan huquqiy kafolatlar va istiqboldagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, qabul qilingan qonunlar sohaning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlagani, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini rivojlantirish ustuvor yoʻnalish sifatida belgilangani taʼkidlab oʻtildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilgan islohotlar, nodavlat notijorat tashkilotlarining aholi manfaatlaridan kelib chiqib, dolzarb muammolarni hal etishdagi faol ishtiroki haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.

Shuningdek, mahallalarning davlat va jamiyat oʻrtasidagi “tayanch koʻprik” sifatidagi oʻrniga alohida eʼtibor qaratildi. Mahalliy muammolarni hal qilish uchun ajratiladigan mablagʻlar koʻpaygani va ularning aholi ovoziga koʻra taqsimlanishi fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini yangi bosqichga koʻtargani qayd etildi.

Davra suhbati yakunida mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyati mustahkam tizim sifatida qaror topgani, bugungi kunda jamiyat hayotining barcha jabhalarida faol ishtirok etayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, uni mustaqil taraqqiyotimiz asosi va demokratik davlatchiligimiz garovi sifatida yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.