Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning “Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash toʻgʻrisida”gi toʻplamning oʻzbek tilidagi taqdimoti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi rahbari Azamat Pardayev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning “Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash toʻgʻrisida”gi toʻplamning oʻzbek tilidagi taqdimotida maʼruza bilan ishtirok etdi.
Maʼruzada Azamat Pardayev toʻplamning VII bobida bayon etilgan gʻoyalarga tayanadigan holda, Oʻzbekistonda aholining muayyan guruhlarini qoʻllab-quvvatlash va ularning huquqlarini taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritdi.
Xususan, u quyidagi yoʻnalishlarga alohida toʻxtalib oʻtdi:
✅ Millatlararo totuvlik va birdamlikni mustahkamlash;
✅ Ayollarning siyosiy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish;
✅ Bolalar huquqlarini himoya qilish, yoshlar uchun taʼlim va uy-joy imkoniyatlarini yaratish;
✅ Imkoniyati cheklangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy xizmatlar koʻlamni kengaytirish.
Maʼruzaning yakunida Azamat Pardayev Oʻzbekiston Xitoy bilan hamkorlikda gender tenglik, ijtimoiy himoya va hududiy rivojlanish sohasida tajriba almashishni davom ettirishga tayyor ekanini taʼkidladi.