ACDP logo
Kirish
header bg

“Bir Vatan — bir yurak” shiori ostida davra suhbati Nurafshon shahrida oʻtkazildi

23
Поделиться:
“Bir Vatan — bir yurak” shiori ostida davra suhbati Nurafshon shahrida oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan Nurafshon shahridagi “Doʻstlik va nodavlat notijorat tashkilotlari uyi” konferensiyalar zalida “Bir Vatan — bir yurak” shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, OʻzNNTMA hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Toshkent viloyati hududiy boʻlinmalari hamkorligida tashkil etildi.

Davra suhbatida viloyatda faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, milliy madaniy markazlar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi. Tadbir avvalida milliy madaniy markazlar tomonidan turli millatlarga xos urf-odat va qadriyatlarni namoyon etgan koʻrgazmalar taqdim qilindi.

Muloqotda mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanish yoʻli, ularning mamlakat taraqqiyotidagi oʻrni va Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlardagi ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi.

Taʼkidlanishicha, nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyatda demokratik jarayonlarni yanada faollashtirishda, xalq manfaatlarini ifoda etish va ularni himoya qilishda muhim oʻrin tutadi. Shu boisdan, ishtirokchilar “Mustaqillik — ulugʻ neʼmat”, “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbollari”, “Fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar — Yangi Oʻzbekistonning tayanchi”, “Baynalminal qadriyatlar va milliy birlik” mavzularida maʼruzalar tinglab, tegishli taklif va tavsiyalar bildirishdi.

Tadbir yakunida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatining rivoji mamlakat taraqqiyoti uchun muhim omil ekani yana bir bor taʼkidlandi.

 

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi

Toshkent viloyati hududiy boʻlinmasi