Global South Dialogue in Baku: Civil Society on the International Agenda
2026 yil 14 may kuni Boku shahrida “Global Janub Nodavlat Notijorat Tashkilotlari Platformasining birinchi Bosh Assambleyasi” bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda 116 davlatdan 600 dan ortiq NNTni birlashtirgan mazkur platforma rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida muloqotni rivojlantirishga qaratilgan muhim xalqaro maydon sifatida baholanmoqda. Forumda BMT tizimi, UN-Habitat, UNITAR, diplomatik korpus va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Forum doirasida “Global Janub: pozitsiyalarni muvofiqlashtirish va strategik hamkorlik” hamda “Inklyuziv rivojlanish va barqaror shahar modellari” mavzulari muhokama qilindi.
Muhokamalarda ijtimoiy adolat, barqaror taraqqiyot, inklyuziv shaharsozlik, raqamli infratuzilma va ekologik barqarorlik kabi masalalarga alohida urg‘u berildi. Ayniqsa, turli davlatlar ekspertlarining shahar rivojlanishi va inson qadriga yo‘naltirilgan siyosat bo‘yicha tajriba almashishi forumning amaliy ahamiyatini kuchaytirdi.
Mazkur nufuzli forumda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Jamshid Jurayev ham ishtirok etmoqda. Ekspertlar fikricha, bunday platformalar O‘zbekiston uchun xalqaro ekspert muloqoti, fuqarolik diplomatiyasi va demokratik islohotlar bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirib, mamlakatning xalqaro fuqarolik jamiyati maydonidagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

