The role of non-governmental organizations in promoting women's rights is growing

Qibray tumani Mirzo Ulug‘bek MFYda “Nihol” NNTning reintegratsiya loyihasi doirasida 2 kunlik seminar trening tashkil etildi.
Yevropa Ittifoqi, Shveysariyaning taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularni ilgari surishda fuqarolik jamiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda psixologlar, mahalla xotin-qizlar faollari, uy bekalari jalb etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar kundalik va oilaviy hayotda uchraydigan qiyinchiliklar yuzasidan fikr almashib, murakkab vaziyatlardan o‘zaro tushunish va muloqot orqali chiqish usullarini o‘rgandilar. Shu bilan birga, ularga psixologik yordamlar ko‘rsatildi. Ayollarning o‘ziga ishonchini uyg‘otish, muloqot madaniyati, ruhiy holatini boshqarish va ichki salohiyatni namoyon etish masalalariga oid mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bu kabi treninglar ayollarning psixologik barqarorligini oshirish, ularning jamiyatdagi faolligini kuchaytirish hamda sog‘lom va ishonchli ijtimoiy muhitni shakllantirish yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

