ACDP logo
Sign in
header bg

As part of technical regulation, issues of public control and product safety were discussed

15
Поделиться:
As part of technical regulation, issues of public control and product safety were discussed

 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Jamoatchilik kengashining faoliyati sarhisob qilinib, “Mahsulotlarning umumiy xavfsizligi to‘g‘risida” hamda “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihalarining mazmun-mohiyati, ahamiyati va kutilayotgan natijalari muhokama qilindi. Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish, mahsulotlar xavfsizligi va metrologiya sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, mahalliy va import mahsulotlari sifati hamda xavfsizligini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan nazorat xaridlari natijalari ko‘rib chiqildi. Nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar va aniqlangan holatlarni “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi negizidagi blacklist.tris.uz platformasiga kiritish ishlari haqida axborot taqdim etildi.

Yig‘ilishda aholiga xavfsiz va sifatli mahsulotlar yetkazib berishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, sohaga oid ma’lumotlarni ochiq va tezkor yetkazish, shuningdek, media faollikni oshirish muhimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mas’ullari tomonidan metrologiya sohasining bugungi ahamiyati, xalqaro hamkorlik, sohadagi qonunchilikni takomillashtirish hamda malakali yosh kadrlarni tayyorlash borasidagi axboroti eshitildi.

Tadbir yakunida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda aholi bilan ochiq muloqotni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.