ACDP logo
Kirish
header bg

Ijro hokimiyatining 30 dan ortiq vakolatlari xalq noiblariga berilgan

524
Поделиться:
Ijro hokimiyatining 30 dan ortiq vakolatlari xalq noiblariga berilgan

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda vakillik organlarining rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu amaliy ishlar natajasi oʻlaroq, mahalliy darajadagi boshqaruv tizimini demokratlashtirishda konstitutsiyaviy islohotlar oʻz aksini topmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kuni-kecha Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasining ochilish marosimida bu haqda toʻxtalib, “hududlarimizda 30 dan ortiq vakolatlar mahalliy kengashlarga oʻtkazildi va bu jarayon izchil davom etmoqda”, deya taʼkidladi.

Haqiqatan ham xalq deputatlari mahalliy kengashlarning vakolatining oshirilishi aholi muammolarini joyida hal etish imkoniyatini yaratmoqda. Pirovardida, xalqimizning kundalik hayotida kengashlar taʼsirchanligi oshib, deputatlarning ijobiy imidji shakllanmoqda.

Yodingizda boʻlsa, oʻtgan yili parlament va mahalliy kengashlarga boʻlib oʻtgan saylovlardan keyin, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga hokimlar emas, deputatlar ichidan saylangan shaxs raislik qilmoqda. Ushbu tajriba, tuman va shaharlarda ham 2026-yilning 1-yanvaridan boshlanishi qonunchilikda belgilab qoʻyildi.

Jahon tajribasida ham mahalliy kengashlar faoliyatini kuchaytirish orqali hokimiyatning ochiqligi va hisobdorligi taʼminlangan. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya va Yaponiyada mahalliy vakillik organlariga keng avtonomiya berilib, muammolarni mahalliy darajada tezkor hal etish imkoniyati yaratilgan.

Umuman olganda, Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda demokratik institutlarni rivojlantirish borasida tizimli va izchil islohotlar olib borildi va bu jarayonlar hozirda ham davom etmoqda. Mahalliy kengashlar vakolatlarini kengayishi esa bu sohada yangi siyosiy sahifa ochilib, xalq va davlat oʻrtasidagi masofa yaqinlashayotganini anglatadi.

Shu boisdan ham bu kabi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, uni amalda samarali tatbiq etish va keng jamoatchilikni jalb qilish asosiy vazifalardan biri boʻlib qolmogʻi zarur.

 

Demokratik jarayonlarni tahlil

qilish markazi boʻlim mudiri

M.Djurayev