ACDP logo
Kirish
header bg

Har bir inson alohida salohiyat egasi

107
Поделиться:
Har bir inson alohida salohiyat egasi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: inson salohiyatini roʻyobga chiqarish imkoniyatlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Unda Parlament aʼzolari, vazirlik va idoralar, aql markazlari mutaxassislari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Konferensiyada Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi yetakchi mutaxassisi Shohjahon Rashidov “Xorijiy davlatlarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning ayrim mexanizmlari” mavzusidagi maʼruza bilan qatnashdi.

Shuningdek, Strategiyada belgilangan ustuvor maqsadlar, xususan, taʼlim, tibbiyot, ijtimoiy muhofaza, maʼnaviy-madaniy soha, yoshlarga oid davlat siyosati, sport yoʻnalishlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yuzasidan taqdimot va maʼruzalar qilindi.

Konferensiya yakunida mavzu yuzasidan takliflar muhokama qilindi.