Markazning majburiyatlari
davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati rivojlanishi, ular faoliyatining ochiqligi va xalq bilan muloqotining samaradorligi, aholining davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash muammolarini tadqiq qilish;
joylarda vakillik va ijro hokimiyati organlarining faoliyatini kompleks tahlil qilish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal etishda ularning o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish masalalarini o‘rganish;
ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni monitoring qilish va prognozlash, diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash masalalarini o‘rganish va takliflar ishlab chiqish;
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati, ijtimoiy sheriklikni tadbiq etish holatini tizimli tahlil qilish, yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi maqsad va vazifalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish;
siyosiy institutlar, ko‘ppartiyaviylik va saylov tizimining rivojlanishini kompleks tahlil qilish, ushbu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;