ACDP logo
Kirish
header bg

«Siyosiy partiyalarning targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishda zamonaviy siyosiy texnologiyalarning ahamiyati» mavzusida davra suhbati

66
Поделиться:
«Siyosiy partiyalarning targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishda zamonaviy siyosiy texnologiyalarning ahamiyati» mavzusida davra suhbati

Joriy yilning 14 noyabr kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazida «Siyosiy partiyalarning targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishda zamonaviy siyosiy texnologiyalarning ahamiyati» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
«Yuksalish» UMH tomonidan tashabbus qilingan «Fuqarolik jamiyati» haftaligi doirasidagi ushbu davra suhbatida nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalarning deputatlik birlashmalari, mafkura-targ‘ibot, axborot xizmatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlari, shuningdek, bir qator ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Davra suhbatida ijobiy imij yaratishda mediamakonning o‘rni, aholining ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish, partiyalar dasturiy maqsad va vazifalari jozibadorligini namoyon etish, saylovga tayyorgarlik va saylovoldi tashviqotining muhim jihatlari hamda saylovchilar xayrixohligini oshirishda milliy va xorijiy tajriba mavzulari muhokama qilindi.
Tadbirda siyosiy partiyalarning faoliyat samaradorligini yanada oshirish, keng jamoatchilikka siyosiy partiyalar rahbarlari va faollari tanitish, faoliyati yortish, partiya elektorati bilan ishlashda siyosiy texnologiyalar o‘rni va ahamiyati, asosiy yutuqlari va kamchiliklari tahlil qilindi.
Milliy va xorijiy tajriba muvofiq, siyosiy partiyalarning dasturiy maqsad va vazifalarining mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish, tushuntirish, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, siyosiy partiyalar vakillariga joylarda aholining ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish, aniqlangan muammolar bo‘yicha hududlar «ijtimoiy portretlarini» ishlab chiqish, partiya dasturlarini saylovchilarga yanada yaqinlashtirish, hayotiyligi va jozibadorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan shu kabi mavzularda siyosiy partiyalar, NNT va ekspertlar ishtirokida turkum tadbir, davra suhbati va o‘quv-seminarlarni o‘tkazishga zaruriyat borligi, hamda davomli tashkil etib borish taklifi ilgari surildi.
Tadbir O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "O‘zbekiston24" telekanalida 14 noyabr kuni rus (soat 19.30da) va o‘zbek (soat 21.00da) tillarida efirga uzatildi. Shuningdek, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining rasmiy ijtimoiy tarmoq va sahifalarida keng yoritildi.