ACDP logo
Sign in
header bg

O‘zbekiston fuqarolik jamiyati vakillari JST Jamoatchilik forumida ishtirok etmoqda

30
Поделиться:
O‘zbekiston fuqarolik jamiyati vakillari JST Jamoatchilik forumida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 15–18 sentabr kunlari Jeneva shahrida Jahon savdo tashkiloti (JST) tomonidan WTO Public Forum — Jamoatchilik forumi o‘tkazilmoqda.

Forumda davlat va xalqaro tashkilotlar, biznes hamjamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, ekspertlar va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etib, global savdo tizimidagi dolzarb tendensiyalar, mavjud muammolar va istiqboldagi ustuvor vazifalarni muhokama qilmoqda.

Tadbir turli manfaatdor tomonlar o‘rtasida ochiq muloqotni rivojlantirish, xalqaro savdo sohasida ilg‘or tajribalar bilan almashish hamda ko‘p tomonlama savdo tizimini yanada samarali va inklyuziv rivojlantirish bo‘yicha fikr va takliflarni ilgari surish uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.

O‘zbekiston vakillari forum doirasida mamlakatda amalga oshirilayotgan savdo-iqtisodiy va institutsional islohotlar, JSTga a’zo bo‘lish jarayoni, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, davlat va NNTlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash hamda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish borasidagi ishlarga e’tibor qaratmoqda.

Shuningdek, forum xorijiy hamkorlar bilan professional aloqalarni kengaytirish, xalqaro tajribani o‘rganish va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro maydonda kengroq namoyon etish imkonini bermoqda.



Forumda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari A.Ahmedov ishtirok etmoqda.