Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi vakili Xitoyda xizmat safarida

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining Siyosiy institutlar, ko‘p partiyaviylik va saylov tizimi rivojlanishi muammolari bo‘limi bosh mutaxassisi Bekzod To‘rayev 2026 yil 9–18 sentabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro bo‘limi huzuridagi Jahon siyosiy partiyalarini o‘rganish markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda turli mamlakatlarning siyosiy partiyalar faoliyatini o‘rganuvchi tahliliy markazlari vakillari ishtirok etmoqda.
Dastur Yanan, Sian va Pekin shaharlarini qamrab olib, davlat boshqaruvi, siyosiy partiyalar faoliyati va modernizatsiya jarayonlariga bag‘ishlangan uchrashuvlar, seminarlar va konferensiyalarni o‘z ichiga oladi.
Tashrif doirasida 17 sentabr kuni Pekin xorijiy tillar universitetida Jahon siyosiy partiyalari tahliliy markazlari hamkorligi alyansining ikkinchi xalqaro simpoziumi o‘tkaziladi. “Partiya qurilishi va modernizatsiyalashgan rivojlanish yo‘li” mavzusidagi tadbir siyosiy partiyalar faoliyati hamda davlat boshqaruvi sohasida tajriba almashishga qaratilgan.
20260923_121941.jpg)
Shuningdek, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro bo‘limi rahbariyati bilan uchrashuvlar, Shensi provinsiyasining rivojlanish tajribasiga bag‘ishlangan konferensiya va ekspert muloqotlari, mahalliy boshqaruv, aholi bilan ishlash, davlat xizmatlari, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi tajribalar bilan tanishish rejalashtirilgan.
Markaz vakilining tashrifdagi ishtiroki xorijiy tahliliy markazlar bilan professional aloqalarni kengaytirish, siyosiy institutlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tajriba almashish va kelgusi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishga xizmat qiladi.

